O‘zbekistonda Leningrad qamali qurbonlari xotirasi yod etildi - video

Gul qo‘yish marosimi “Birodarlik qabristoni" memorial majmuasi hududida hamda G‘alaba bog‘idagi “Leningrad monumenti” yodgorligi oldida bo‘lib o‘tdi
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. 82 yil oldin, 1944-yil 27-yanvarda Leningrad nemis-fashistlar qamalidan butunlay ozod qilingan. Halok bo‘lgan shahar aholisi va himoyachilarining xotirasiga Toshkentda ehtirom ko‘rsatildi.
Xotira tadbirlari “Birodarlik qabristoni” memorial majmuasi hududida hamda 2025-yilda “Leningrad monumenti”odgorligi ochilgan G‘alaba bog‘ida o‘tkazildi.
Unda Rossiya elchixonasi diplomatlari, Rossotrudnichestvo, Rus madaniyat markazi vakillari, faxriylar va yoshlar tashkilotlari a’zolari, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etganini SputnikO‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

“Bugun Toshkentda ana shu insonlar xotirasini yod etish imkoniyatiga ega bo‘lganimizdan nihoyatda mamnunmiz va qamal qurbonlarini o‘z yaqinlaridek qabul qilgani, ularni mushkul vaziyatda tashlab qo‘ymagani uchun O‘zbekistonga yana bir bor minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu sana O‘zbekiston uchun ham, Rossiya uchun ham xotira kuni bo‘lib, u umumiy o‘tmishimizni yana bir bor ko‘rsatadi deb hisoblayman”, - dedi Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya.

Leningrad 1941-yil 8-sentabrdan boshlab 872 kun davomida qamalda bo‘lib, insoniyatga zid sharoitlarda yashashga majbur bo‘ldi. Minglab odamlar ochlikdan vafot etdi. O‘zbekiston qamal qilingan shahar aholisining ko‘pchiligi uchun ikkinchi vatanga aylandi. Ikkinchi jahon urushi davrida bu yerga 1,5 million nafardan ortiq kishi evakuatsiya qilingan, ular orasida qamal qilingan Leningrad, Belarus va Ukrainadan olib kelingan 250 mingdan ziyod yetim bolalar ham bor edi.
O‘zbekistonda bu dahshatli yillarda halok bo‘lganlarning xotirasi e’zozlanadi. Har yili fashistlar qamalining to‘liq bartaraf etilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkaziladi.
2025 yil sentabr oyida Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” memorial majmuasida “Leningrad monumenti” yodgorligi ochildi. Marosimda Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov ishtirok etdi.
“Birodarlik qabristoni” memorial majmuasi hududida Sankt-Peterburgdagi Piskarov memorial qabristonidan keltirilgan, Leningrad yaqinidagi janglarda qatnashgan O‘zbekistonning 7 ming askari dafn etilgan joydan olingan tuproq va xoklar solingan kapsula joylashtirilgan.
"G‘alaba chehralari" loyihasi
Omon qolgan bolalar: Qanday qilib O‘zbekiston qamalda bo‘lganlar uchun ikkinchi uyga aylandi?