Rossiyalik yosh sportchilar yaqin vaqtda milliy bayroq ostida musobaqalarga qaytishi mumkin

Yaqin vaqtda qator xalqaro federatsiyalar rossiyalik o‘smirlarni milliy bayroqlari ostida musobaqalarga qo‘yishi mumkinligi ma’lum qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Yaqin vaqtda qator xalqaro federatsiyalar rossiyalik yuniorlarni milliy bayroqlari ostida musobaqalarga qo‘yishi mumkin. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, bu kelishuvlar 26-yanvar kuni Toshkentda o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasi doirasida Rossiya sport vaziri va Olimpiya qo‘mitasi raisi Mixail Degtarov o‘tkazgan uchrashuvlar natijasida erishilgan.

Ta’kidlanishicha, xalqaro maydonlar sportchilar huquqlarini tiklash masalasini ko‘tarish imkonini bermoqda. Bir nechta yirik federatsiyalar MOQ tavsiyalari asosida yaqin 2-3 hafta ichida qaror qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, Mixail Degtarov World Aquatics, World Boxing, World Gymnastics, Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi hamda Qatar, Kuvayt, Indoneziya, Qozog‘iston va Nepal MOQ rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Osiyo davlatlari Rossiyani faol qo‘llab-quvvatlayotgani qayd etildi.
Rossiya sport vaziri Degtarov Toshkentda: sport hamkorligi bo‘yicha hujjatlar imzolandi