"Qamchi va pranik" videosi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan feyk — Valuyev

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Nikolay Valuyev u ishtirokidagi "qamchi va pranik" videosi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan feyk ekanini tasdiqladi.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Rossiyaga sobiq SSSR davlatlari bilan munosabatlarni "qamchi va pranik" usulida olib borish haqidagi video sun’iy intellekt yordamida yaratilgan feyk. Buni boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni va Rossiya Davlat dumasi deputati Nikolay Valuyev RIA Novostiga tasdiqladi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Valuyev go‘yoki Rossiya sobiq ittifoq davlatlari bilan munosabatlarda "pranik"dan "qamchi"ga o‘tish kerakligini aytgani aks etgan video tarqalgan edi.
Videoning haqiqiyligiga shubha ko‘plab foydalanuvchilarda, jumladan, Valuyevning sobiq raqibi, o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayevda ham paydo bo‘lgan.
"Bu videoning menga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu sun’iy intellekt yordamida yaratilgan. Men ko‘pincha dipfeyk va shunga o‘xshash soxta videolar haqida gapiraman. Ehtimol, sun’iy intellekt mendan xafa bo‘lgandir", — dedi Valuyev.
SI bilan shaxsiy ma’lumotga noqonuniy ishlov berganlik uchun 41 mln so‘mgacha jarima qo‘llanadi