Buxoro jamoat transportida naqdsiz to‘lov joriy etilmoqda: bosqichlar ma’lum

2026 yildan Buxoro shahri avtobus yo‘nalishlarida elektron to‘lov tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi, apreldan esa to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda qabul qilinadi
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Buxoro shahrida jamoat transportida elektron to‘lov tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, avtobuslarda yo‘l kira 3 000 so‘m, elektron to‘lov orqali esa 2 000 so‘mni tashkil etadi.
Tizim joriy etish bosqichlari
Birinchi bosqich — 2026-yil 1-fevraldan quyidagi yo‘nalishlarda:
2-sonli "Buxoro AShB – Sitora bozor"
5-sonli "F. Xo‘jayev" MFY – To‘qimachi bosh bekati"
10-sonli "Alpomish ko‘chasi – "Shayxon" MFY"
17B-sonli "Chorbakr bosh bekati – Aeroport"
19-sonli "Karvon bozori – Karvon shopping"
33-sonli "Trikotaj fabrikasi – Mohi Xosa sanatoriysi"
1-sonli "Buxoro AShB – Zarmanoq".
Ikkinchi bosqich — 2026-yil 1-apreldan qolgan barcha mavjud yo‘nalishlarda to‘lovlar faqat elektron tarzda qabul qilinadi.
ATTO: almashinuv tarifi yo‘lovchilarga milliardlab so‘m tejab berdi