"Yangi O‘zbekiston yulduzlari" mukofoti: "Homay" xiti ijrochilari Toshkentga keladi

"Homay" qo‘shig‘i bilan mashhur Rossiyaning Ay Yola guruhi 28-yanvar kuni Toshkentdagi "Yangi O‘zbekiston yulduzlari" mukofotlash marosimida ishtirok etadi
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. 2025 yilda dunyo xitlaridan biriga aylangan "Homay" qo‘shig‘i ijrochilari — "Ay Yola" guruhi 28-yanvar kuni O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Guruh Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Yangi O‘zbekiston yulduzlari" madaniyat va san’at milliy mukofoti nomzodlarini tantanali taqdirlash marosimida mehmon sifatida ishtirok etadi.
Shuningdek, tadbirda Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti Nigina Amonqulova, Ozarbayjon xalq artisti Mensum Ibrahimov hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Gulyanaq Mamedova ham mehmon sifatida qatnashishi kutilmoqda.
Taqdirlash marosimini 28-yanvar kuni soat 19:00 da ZO‘R TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.
O‘zbekistonda tatar allomasi Marjoniy haqida film suratga olish boshlandi - tafsilotlar