ANOC rahbari o‘rinbosari Shayx Jav’an Bosh Assambleyada ishtirok etish uchun Toshkentga keldi

Toshkentda o‘tadigan Osiyo Olimpiya kengashi 46-Bosh Assambleyasi doirasida Qatar Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy poytaxtga yetib keldi.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Toshkentda o‘tkaziladigan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi faxriy mehmonlaridan biri — Milliy Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi (ANOC) raisining birinchi o‘rinbosari, Qatar Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy poytaxtga yetib keldi.
Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati kutib oldi.
Ma’lumot uchun, Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi doirasida tashkilot rahbarligi uchun o‘tkaziladigan saylovda yagona nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
Toshkentda Butunjahon suzish federatsiyasining mintaqaviy markazi ochildi