22 yanvar — Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Nizomi imzolangan kun

1993 yilda qabul qilingan MDH Nizomi Hamdo‘stlik faoliyatining huquqiy asosini belgilab, a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik tamoyillarini mustahkamladi.
Sputnik
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. 1993 yil 22-yanvarda Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Nizomi qabul qilindi.
Hujjatni Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston imzolagan.
1993 yilda MDHga Ozarbayjon va Gruziya, 1994-yilda esa Moldova qo‘shildi. 12 davlatdan ikkitasi — Turkmaniston va Ukraina — Nizomni ratifikatsiya qilmagan.
Kiyev Hamdo‘stlikning asosiy vazifasini iqtisodiy hamkorlik deb baholagan, ammo “umumiy makonlar” — to‘lov, bojxona va valyuta sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlamagan. Ashxobod esa betaraflik siyosati sababli hujjatni ratifikatsiya qilmagan.
Nizomga muvofiq, barcha a’zo davlatlarning roziligi bilan istalgan mamlakat MDHga a’zo bo‘lishi mumkin.

Hamdo‘stlik doirasida keyinchalik qator integratsion tuzilmalar shakllangan. Jumladan, 1995-yilda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT), 2015-yilda esa Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tashkil etilgan.

Gruziya 2009-yilda MDHdan chiqqan, Ukraina esa 2018-yildan de-fakto Hamdo‘stlik faoliyatida ishtirok etishni to‘xtatgan. Ayni paytda Moldova MDHdan chiqish niyatini bildirgan.
Nizomning 9-moddasiga ko‘ra, a’zo davlat chiqishdan kamida 12 oy oldin tashkilotni yozma ravishda xabardor qilishi shart. Shu bilan birga, mamlakat MDHda ishtirok etgan davrida yuzaga kelgan barcha majburiyatlarini to‘liq bajarishi lozim.
MDH tashkil topganiga 34-yil to‘ldi: yaratilish tarixi va maqsadlari