TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina havo mudofaa kuchlari bir kecha davomida 80 million yevrolik raketalarni sarflagan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
"Birgina raketalarning narxi 80 million yevro atrofida. Tasavvur qiling, bu raketalarning narxi", — dedi u jurnalistlarga.
Shu bilan birga, Zelenskiy Kiyev uchun G‘arbdan mazkur o‘q-dorilarni yetkazib berishga erishish qiyin kechayotganidan hayratda ekanini bildirdi.
Yanvar boshida u Yevropa davlatlarini Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketa zaxiralarini taqdim etishga chaqirgan edi. 16-yanvar kuni esa Zelenskiy “jiddiy paket” olinganini ma’lum qildi, biroq uning qayerdan yetkazib berilganiga oydinlik kiritmadi.
Rossiya tomoni esa G‘arbning harbiy yordami Ukrainaga yaxshilik olib kelmayotgani, aksincha, mojaroni cho‘zayotganini bir necha bor ta’kidlab kelgan. Moskvaga ko‘ra, qurol-yarog‘ yetkazib berish yo‘llari Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishon hisoblanadi.