Bepul tibbiy ko‘riklar, tez yordam va dori-darmon: prezident yangi takliflarni ma’qulladi

Yangi tibbiy tashabbuslar shoshilinch yordam tizimini modernizatsiya qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirishga qaratilgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi va takliflarni ma’qulladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Asosiy yo‘nalishlar quyidagilar:
“Infarkt va insultga qarshi kurashish” milliy dasturi:
1 maydan ayrim hududlarda, 2027-yildan barcha hududlarda joriy etiladi.
30 yoshdan oshgan aholi orasida xavf guruhini aniqlab, maqsadli tibbiy tekshiruvlar o‘tkaziladi.
“Oltin soat” tamoyili xalqaro standartlar asosida joriy qilinadi.
Shoshilinch tibbiy yordamni kuchaytirish
Tez yordam brigadalari telemetrik EKG va monitorli defibrillyatorlar bilan ta’minlanadi.
EKG natijalarini sun’iy intellekt orqali tahlil qilish va real vaqtda uzatish yo‘lga qo‘yiladi.
Statsionar muassasalarda insultni sun’iy intellekt asosida tashxislash imkoniyati yaratiladi.
Dori-darmon va infratuzilma:
Shifoxonalar tromb erituvchi dori vositalari va zarur materiallar bilan ta’minlanadi.
Nodavlat tibbiyot tashkilotlari shoshilinch xizmatlarga jalb qilinadi, ayrim xizmatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali qoplanadi.
Raqamlashtirish:
“Elektron sog‘liqni saqlash” tizimida bemorlar va xavf guruhi aholining elektron reyestri yuritiladi.
“Qon mahsulotlari elektron hisobi” axborot tizimi joriy etiladi. Profilaktika va axborot ishlari OAV, ijtimoiy tarmoqlar, bilbordlar orqali tushuntirish ishlari olib boriladi.
Maktablar, korxonalar va mahallalarda seminar-treninglar o‘tkaziladi.
“FAST Heroes” dasturi asosida o‘quvchilar uchun mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Har yili 29-sentabr va 29-oktabr kunlari bepul qon bosimi, qand va xolesterin ko‘rsatkichlarini o‘lchash tadbirlari o‘tkaziladi.
Qon donorligi:
Donatsiyalar soni 1 milliontagacha, qon zaxirasi 450 ming litrgacha oshiriladi.
Beg‘araz qon donorlari soni 900 ming nafarga yetkaziladi.
Moliyalashtirishga 2026-yilda — 239 mlrd so‘m, 2027-yildan — 280 mlrd so‘m. 2026–2030 yillarda jami 1,75 trillion so‘m ajratiladi.
Onkologiya sohasi:
Respublika onkologiya markazi va filiallari uchun 5,6 mln dollarlik uskunalar;
qo‘shimcha 10 mln dollar hisobidan laboratoriyalar xarid qilinadi.
Prezident takliflarni ma’qullab, tegishli qarorlarni imzoladi va mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Masofadan yordam, shaffoflik: Mirziyoyev tibbiyotni raqamlashtirish rejalari bilan tanishdi