"Men bu mavzuni — Yevropa Ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zolik masalasini — hamkasbim Ararat Mirzoyan hamda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan oxirgi marta 2025-yil may oyida Yerevanga tashrif buyurganimda bir necha bor muhokama qildim", — dedi Sergey Lavrov.
"Bu shunchaki texnik jihatdan imkonsiz. Ular nafaqat savdo va investitsiya sohalarida bir-biriga mos kelmaydigan turli normalar qo‘llayotgani uchun, balki Yevropa Ittifoqi Brusseli Armanistonning meyoriy-huquqiy bazasini o‘z standartlariga moslashtirish g‘oyasini qat’iy ilgari surayotgani uchun ham bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi", — dedi Rossiya TIV rahbari.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.