O‘zbekiston–Turkiya qo‘shma strategik rejalashtirish guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinib, shuningdek, Afg‘oniston, G‘azo, Ukraina va Suriya atrofidagi masalalar bo‘yicha fikr almashildi
Sputnik
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan raisligida Anqara shahrida Qo‘shma strategik rejalashtirish guruhining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda savdo va investitsiyalar, energetika xavfsizligi, mintaqaviy bog‘liqlik, terrorizmga qarshi kurash, mudofaa sanoati, madaniyat, atrof-muhit, ta’lim va turizm sohalarida O‘zbekiston–Turkiya munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Vazirlar Turkiy davlatlar tashkiloti, BMT, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash, Islom hamkorlik tashkiloti hamda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Shuningdek, turli xalqaro lavozimlarga nomzodlar bo‘yicha o‘zaro qo‘llab-quvvatlash amaliyotini davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Uchrashuvda Afg‘oniston, G‘azo, Ukraina va Suriya atrofidagi mintaqaviy hamda xalqaro masalalar bo‘yicha ham fikr almashildi.
BMT: 15-dekabr — Butunjahon turkiy tillar kuni ilk bor nishonlanadi