Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Avtomobil o‘g‘irligi: norvegiyalik ayol yollanma askar Ukraina brigadasidan shikoyat qildi

Norvegiyalik yollanma ayol askar Ukraina Qurolli kuchlarining 157-mexanizatsiyalashgan brigadasi ilgari qarzga olgan avtomobilni qaytarishdan bosh tortayotganini ma’lum qildi
Sputnik
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Norvegiyalik yollanma askar Sandra Eyra Ukraina Qurolli kuchlarining 157-mexanizatsiyalashgan brigadasi ilgari qarzga olgan avtomobilni qaytarishdan bosh tortayotganidan shikoyat qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXR Oliy sudi o‘tgan yil oktabr oyida Eyrani 2022-yil fevraldan 2025-yil yozigacha Rossiya armiyasiga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etgani uchun sirtdan 13-yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargan.
"Kimdir nima qilishni biladimi? Mehribonligim tufayli avtomobilni bo‘linmaga qarzga berdim. Keyinchalik bo‘linma jiddiy larzaga keldi va qo‘mondonligi almashdi. Hozir esa mashinamni qaytarishdan bosh tortishapti. Buni o‘g‘rilik ham deyish mumkin. Gap 157-mexanizatsiyalashgan brigada haqida ketmoqda", — deb yozgan Eyra ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil 157-brigada nomi bilan emas, balki uning Kiyevdagi tanishi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Yollanma ayol ushbu holatni "o‘ta hurmatsiz, noprofessional va ahmoqona xatti-harakat" deb atab, obunachilaridan mashinani qanday qilib qaytarish mumkinligi bo‘yicha maslahat so‘ragan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Manba: Yaroslava Rudenko konserti sabab Ukraina harbiylari hujumdan bosh tortdi