Tramp Toqayevni G‘azo bo‘yicha tinchlik kengashiga taklif qildi

Qozog‘iston AQSh tashabbusi bilan tuzilayotgan G‘azo bo‘yicha tinchlik kengashiga qo‘shilish uchun rasmiy taklif oldi va taklifga rozilik bildirdi
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Qasim-Jomart Toqayevni G‘azo bo‘yicha tinchlik kengashiga taklif qildi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Ruslan Jeldibay ma’lumotlariga tayanib Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toqayev jahon yetakchilari orasida birinchilardan bo‘lib Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilayotgan Tinchlik kengashi a’zoligi uchun rasmiy taklif olgan. Qozog‘iston ushbu tuzilmaning ta’sischi davlatlaridan biri bo‘lishi rejalashtirilmoqda.
“Bunga javoban davlat rahbari AQSh prezidenti nomiga samimiy minnatdorchilik bildirilgan va yangi birlashma tarkibiga kirishga rozilik bildirilgan maktub yo‘lladi”, — dedi Jeldibay.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning G‘azo bo‘yicha rejasida sektorni vaqtinchalik xalqaro boshqarish hamda uni qayta tiklash jarayonini muvofiqlashtiradigan “Tinchlik kengashi”ni tuzish ko‘zda tutilgan. Avvalroq Reuters Donald Tramp ushbu kengashning umrbod raisi bo‘lishini rejalashtirayotganini xabar qilgan edi.
Shuningdek, avvalroq Donald Tramp Qasim-Jomart Toqayev va Shavkat Mirziyoyevni 2026-yilda Mayamida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga taklif qilgan.
Tramp O‘zbekistonga taklif qilindi — prezidentlar telefonda yana nimalarni muhokama qildi?