O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga 2026-yilda $116 mln ajratiladi

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida qo‘shma loyihalarni imtiyozli moliyalashtirish uchun ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2026-yilda sezilarli oshiriladi
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Qo‘shma loyihalarni imtiyozli moliyalashtirish mexanizmi doirasidagi subsidiyalar miqdori 2026-yilda qariyb 9 milliard Rossiya rublini (taxminan 116 million AQSh dollari) tashkil etadi.
Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining Sanoat va agrosanoat majmuasi bo‘yicha hay’ati a’zosi Goar Barsegan ma’lum qildi.
"Mexanizm ishga tushirilgandan beri biz parallel ravishda meyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha katta ishlarni boshladik. Va hozir nizomga o‘zgartirishlar kiritish, huquqiy bazaning ayrim normalarini yaxshilash bo‘yicha birinchi paket ittifoq organlari doirasida yuqori darajada ko‘rib chiqishga tayyor," - dedi u.
O‘zbekiston va YeOII
Mirziyoyev Sankt-Peterburgda YeOII bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi