Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiy mantig‘iga ko‘ra, Rossiya chegaralari Ukraina g‘arbigacha yetib borishi mumkin—Medvedchuk

Medvedchukning so‘zlariga ko‘ra, agar Zelenskiy aytganidek, ukrain tilida so‘zlashadigan hududlar Ukrainaga tegishli deb hisoblansa, Rossiya chegaralari sharqda emas, aynan Ivano-Frankovskda bo‘ladi
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya chegaralari, agar Vladimir Zelenskiyning mantig‘idan kelib chiqilsa, Ukraina g‘arbidagi Ivano-Frankovsk viloyati hududidan o‘tishi mumkin. Bu haqda “O‘zga Ukraina” harakati rahbari, “Muxolifat platformasi — hayot uchun” partiyasining sobiq yetakchisi Viktor Medvedchuk TASSga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hududlarni til belgisi asosida ajratish g‘oyasi Zelenskiyni “o‘z tuzog‘iga tushirgan”.

"“Agar ukrain tilida so‘zlashadigan joylar Ukraina hududi deb qabul qilinsa, mantiqan Rossiya chegaralari sharqda emas, Ivano-Frankovsk viloyati atrofiga to‘g‘ri keladi”, — dedi Medvedchuk", — dedi Medvedchuk.

Demilitarizatsiya masalasiga to‘xtalar ekan, u AQSh rejalarida tilga olinayotgan bahsli hududlar g‘oyasiga munosabat bildirib, “maxsus harbiy operatsiya” butun Ukraina hududini demilitarizatsiya qilish maqsadini ko‘zlashini ta’kidladi.
"Ukraina qurolsizlangan hudud sifatida ham Rossiya, ham oddiy ukrainaliklar uchun maqbul bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi u.
Medvedchuk o‘z bayonotida, ilgari ham g‘arbparast siyosatchilarni monomilliy davlat tuzishga urinish hududlarni yo‘qotish va davlat inqiroziga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirganini bildirdi.
"Rus tilida so‘zlashuvchi yahudiy Zelenskiy Ukrainaning neonatsist monomilliy davlati tepasida nima qilyapti, degan savol tug‘iladi. Ya’ni neonatsizm siyosati bugun uning yaratuvchilariga qarshi ishlamoqda, uni demokratik yo‘l bilan bekor qilishning esa imkoni yo‘q. Faqat bir narsa qoladi - Rossiya aholisi bilan birga tarixiy rus yerlarini qaytarib olish va u yerda hech kim hech kimning ona tilini, dinini, madaniyatini, tarixiy xotirasini taqiqlamaydi", - deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina Tramp tinchlik rejasining asosiy moddalariga rozilik bildirdi — AQSh ma’muriyati