TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. 13 yanvar kuni O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari, Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlarning harbiy attashelari, ekspertlar va jamoat arboblari, shuningdek, Rossiya ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
V Posolstve Uzbekistana v Moskve proshel brifing v chest 34-letiya VS respubliki
© Posolstvo Uzbekistana v Moskve
Brifingda so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida milliy armiyaning qiyofasi va salohiyati tubdan o‘zgargani ta’kidlandi. Bugungi kunda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari mamlakat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashga qodir qudratli kuchga aylangani qayd etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro huquq normalari va milliy qonunchilikka asoslangan holda tinchliksevar, moslashuvchan va pragmatik harbiy siyosat olib borayotgani ta’kidlandi.
V Posolstve Uzbekistana v Moskve proshel brifing v chest 34-letiya VS respubliki
© Press-slujba Posolstva Uzbekistana v Moskve
Brifingda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar alohida qayd etildi. Rossiya tomoni vakillariga respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani yanada rivojlantirish, shuningdek, mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston – 2030 strategiyasini takomillashtirish jarayoni haqida ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, ishtirokchilarga milliy armiyada olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.