Toshkentda Tramp ustidan shikoyat qilgan erkak jarimaga tortildi

Fuqaro AQSh prezidenti Donald Tramp Maduroni o‘g‘irlagani bo‘yicha Toshkent IIBBga qo‘ng‘iroq qilib, uni jazoga tortishni so‘ragan.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Toshkentda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o‘g‘irlanishi bo‘yicha AQSh prezidenti Donald Tramp ustidan IIBBga shikoyat qilgan erkak 1,23 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri sud hukmi nusxasiga tayanib xabar berdi.
Materiallarda qayd etilishicha, erkak mast holatda Toshkent shahar IIBBga qo‘ng‘iroq qilib, Donald Trampga nisbatan arizani qabul qilishni so‘ragan. Huquq-tartibot organlari unga eng yaqin bo‘limga kelishni taklif qilgan, biroq u shikoyat bilan kelmagan.
"Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 199-moddasida (ixtisoslashtirilgan xizmatlarni qasddan yolg‘on chaqirish) nazarda tutilgan jazo — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari (1,23 million so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlansin"- deyiladi sud hukmi matnida.
Sud majlisida erkak o‘z aybiga iqror bo‘lib, mast bo‘lganini, murojaatining mazmunini eslay olmasligini hamda harakatlarining ehtimoliy oqibatlarini anglamaganini bildirgan.
Maduro qo‘lga olinib AQShga olib ketildi — Tramp