Qozog‘istonda 30°S sovuqda to‘xtab qolgan avtobusdagi o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi

Qishki ob-havo sharoitida texnik nosozlik sababli harakatni davom ettira olmagan reys avtobusida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Shimoliy Qozog‘iston viloyatida Mamlyutka — Qostanay avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan, ichida 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan reys avtobusi texnik nosozlik sababli to‘xtab qoldi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, avtobus Tumen — Chimkent yo‘nalishida harakatlangan. Qishki ob-havo sharoitida, -30°da harakatni davom ettirish imkoni bo‘lmagan.

Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida voqea joyiga FVV kuchlari jalb etildi.
Vazirlik xodimlari tomonidan O‘zbekiston fuqarolari evakuatsiya qilinib, ular isitish punktiga joylashtirildi va zarur sharoitlar bilan ta’minlandi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Qozog‘istonda “Perm–Toshkent” avtobusi ag‘darilishida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi