O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga gaz eksporti sezilarli oshirildi — "Gazprom"

Gazprom O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga Rossiya gazini yetkazib berishni 22,2 foizga oshirdi. Shuningdek, kompaniya ilk bor Xitoyga Yevropaga nisbatan ko‘proq gaz eksport qildi
Sputnik
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. 2025 yilda "Gazprom" davlat kompaniyasi O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini 22,2 foizga oshirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yil davomida Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlariga gaz eksporti sezilarli o‘sgan.
Xususan, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga yetkazib berish 22,2 foizga, Gruziyaga esa 40,4 foizga ko‘paygan.
Shuningdek, 2025-yilda "Gazprom" tarixida ilk bor Xitoyga gaz yetkazib berish hajmi Yevropaga nisbatan yuqori bo‘lgani qayd etildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya Sila Sibiri gaz quvuri orqali Xitoyga 38,8 milliard kub metr gaz yetkazib bergan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 24,8 foizga ko‘p.
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz importi hajmi oshiriladi