Tailanddagi kater halokatida o‘zbekistonliklar jabrlandi

Pxuket oroli yaqinida halokatga uchragan katerda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. 11 yanvar kuni Tailandning Pxuket oroli yaqinida halokatga uchragan katerda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida ularning 2 nafari yengil tan jarohati olgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jabrlanganlar mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ular to‘liq sog‘aygan va belgilangan tartibda shifoxonadan chiqarilgan.

Shuningdek, ularning barcha tibbiy hamda boshqa zarur xarajatlari katerga egalik qiluvchi kompaniyaning sug‘urta mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab berilgan.

Hodisa yuzasidan O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sog‘liqni saqlash muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan.
Avvalroq, RIA Novosti ushbu to‘qnashuv natijasida rossiyalik 18 yoshli sayyoh Yelizaveta Starix vafot etgani, shuningdek, 23 nafar rossiyalik turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan edi.
O‘zbekistonlik sayyohlar eng ko‘p qaysi davlatlarga borgan: top-5 yo‘nalish