TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Ukrainalik harbiy asir Andrey Ivanov Rossiya Qurolli kuchlari nazoratidagi Krasnoarmeysk (Pokrovsk) shahrida piar-aksiya o‘tkazishga urinish haqida ma’lumot berdi. Tegishli videoni Rossiya Mudofaa vazirligi e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, Ivanov Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan yuborilgan uch guruhdan birining a’zosi bo‘lgan. Ularning vazifasi Rossiya nazoratidagi hududda Ukraina bayrog‘ini ilib, shahar Ukraina armiyasi qo‘lida ekanini videoga olishdan iborat bo‘lgan.
"Biz Pokrovskka (Krasnoarmeysk — tahr.) ikki kishidan iborat uch guruh bo‘lib kirdik. Har bir guruhda Ukraina bayrog‘i va fuqarolik kiyimlari solingan rukzak bor edi. Vazifa Ukraina bayrog‘ini ilib, Pokrovsk Ukraina nazoratida ekanini ko‘rsatish edi. Ammo reja amalga oshmadi — ustimizda dron paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng qochishga majbur bo‘ldik. Qochish paytida esa Rossiya qo‘shinlari joylashgan hududga chiqib qoldim", — dedi asir.
U asir sifatida boshqa harbiylarga murojaat qilib, bunday piar-aksiyalarda qatnashmaslikka chaqirdi.
"Quroldosh birodarlarimga aytmoqchimanki, bunday ish qilmaslik kerak. Zelenskiy odamlarni bayroq ilish va Pokrovsk Ukraina nazoratida ekanini ko‘rsatish uchun yuborapti. Ammo bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", — dedi u.
E’lon qilingan videoda Rossiya harbiylari yo‘q qilingan jangari rukzagidan Ukraina bayrog‘ini olayotgani aks etgan.