O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda ayrim mineral o‘g‘it xomasholari uchun import boji vaqtincha bekor qilindi

Mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchilar quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida shunday qaror qabul qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) tabiiy kalsiy fosfatlari, alyuminiy-kalsiyli tabiiy fosfatlar hamda maydalangan fosfatli bo‘r uchun 2028-yil 29-fevralgacha import bojxona boji stavkasini 0 foiz miqdorida belgilandi.
Bojxona-tarif va notarif tartibga solish departamenti direktori Vaagn Kazaran Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)ning qaroriga izoh berib, qaror o‘g‘it ishlab chiqaruvchilar quvvatlaridan samarali foydalanishga xizmat qilishini ta’kidladi.

"Import bojxona bojining nol stavkasi YeOII hududida fosfatlar ishlab chiqarish cheklangan sharoitda mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchilar quvvatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi", — dedi Kazaran.

YeIK Hay’atining qaroriga muvofiq, bungacha ham 2024-yil 5-yanvardan 2026-yil 4-yanvargacha ushbu tovarlar uchun bojxona bojining 0 stavkasi qo‘llangan edi.
Prezident qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan uchrashuvda vazifalar va yangiliklar haqida gapirdi