Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Qurolli Kuchlari Zaporojye viloyatidagi qishloqni ozod qildi

Rossiya qo‘shinlari Novoboykovskoe qishlog‘ini ozod qilidi. Shuningdek, hududda Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga zarbalar berilgan
Sputnik
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari Zaporojye viloyatidagi Novoboykovskoe qishlog‘ini ozod qilganini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Dnepr” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalarining qat’iy harakatlari natijasida Zaporojye viloyatining Novoboykovskoe aholi punkti ozod qilindi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, “Dnepr” guruhi jangchilari Zaporojye viloyatining Kirovo, Orexov, Yurkovka hamda Xerson viloyatining Sadovoe aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining tog‘-hujum brigadasi, qirg‘oq mudofaasi brigadasi, hududiy himoya brigadasi va Milliy gvardiya brigadasi tuzilmalariga zarba bergan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Qurolli kuchlari Zaporojedagi Zelenoe qishlog‘ini nazorat ostiga oldi