Tramp Kubani "kech bo‘lmasdan" hamkorlikka chaqirdi

Kuba tashqi ishlar vaziri Trampga qonun va adolat biz tarafda, deb javob qaytardi.
Sputnik
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelada Maduro va uning rafiqasini o‘g‘irlab ketish operatsiyasidan so‘ng Kubani hamkorlik qilishga chaqirdi.
"Men ularni juda kech bo‘lmasdan oldin kelishuvga erishishga chaqiraman!" deb yozdi u yakshanba kuni Truth Social ijtimoiy media platformasida.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Kuba yillar davomida Venesueladan katta miqdorda neft va pul olgan. Endi bunday bo‘lmaydi.
Oldinroq, AQSh prezidenti ijtimoiy tarmoqda Davlat kotibi Marko Rubioni Kuba prezidenti etib tayinlashni "ajoyib g‘oya" deb atagan edi.

Kubaning javobi

AQSh prezidentining ushbu bayonotiga Kuba Tashqi ishlar vazirligi quyidagicha javob berdi.
"Kuba, Qo‘shma Shtatlardan farqli o‘laroq, yollanmalik bilan shug‘ullanmaydi, shantaj qilmaydi yoki boshqa mamlakatlar ishlariga harbiy aralashuv qilmaydi.
Gavana yoqilg‘ini xohlagan davlatdan sotib olishi mumkin, qonun va adolat biz tarafda. Biroq, Vashingtonning xatti-harakatlari nafaqat G‘arbiy yarim sharning, balki butun dunyoning tinchligi va xavfsizligiga tahdid solmoqda", - deyiladi javobda.
Maduro qo‘lga olinib AQShga olib ketildi — Tramp