Tramp Eron xalqiga "ozodlikka chiqishga yordam berishga tayyor"

AQSh prezidenti Tehrondagi noharbiy nishonlarga zarba berish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rmoqda - OAV.
Sputnik
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eron "rejimning namoyishchilarga qarshi bostirishlariga javoban Eronga zarba berishga ruxsat berishni jiddiy ko‘rib chiqmoqda", deb yozadi The New York Times.
Gazeta manbalarining ta’kidlashicha, "Prezidentga Tehrondagi noharbiy nishonlarga zarba berish kabi bir qator variantlar taqdim etildi".
Bir kun oldin, Erondagi norozilik namoyishlari paytida Tramp Eron xalqiga yordam berishga tayyorligini e’lon qildi.
"Eron, ehtimol, avvalgidan ham ko‘proq erkinlikka intilmoqda. AQSh yordam berishga tayyor", deb yozgan Amerika yetakchisi Truth Social ijtimoiy media platformasida.
Fors ko‘rfazida AQShning qanday kuchlari bor
The War Zone xabariga ko‘ra, Fors ko‘rfazida AQShning uchta esminetsi bor. Bular USS Mitscher, USS McFaul va USS Roosevelt. Ular boshqariladigan raketalar va 1600 km masofaga uchadigan Tomahawk raketalari bilan qurollangan.
Bundan tashqari, uchta qirg‘oqbo‘yi jangovar kemalari mavjud: USS Canberra, USS Tulsa va USS Santa Barbara. Shuningdek, Fors ko‘rfazi mintaqasidagi bir necha havo bazalarida joylashgan havo kuchlariga ega.
Eronda norozilik namoyishlari

2025 yil dekabr oyi oxirida rialining qadrsizlanishi tufayli boshlangan norozilik namoyishlarida, keyinchalik siyosiy tizimga qarshi tartibsizliklarga aylanib ketdi.

8 yanvar kuni Tehron va boshqa shaharlarda namoyishchilar tez yordam mashinalari va shahar avtobuslari, metro bekatlari, masjidlar, banklar va do‘konlarni vayron qildi. 100dan ortiq poliziya xodimi qurbon bo‘ldi.

Eron rahbariyati ushbu voqealarning siyosiy tomonga burilishida Isroil va AQShni aybladi.

Rasmiy manbaalarga ko‘ra, tartibsizliklar qurbonlari soni 500dan oshgan, ularning aniq soni tergov tugaganidan so‘ng e’lon qilinadi.

Tartibsizliklar uyushtirishda ayblanib uch ming kishi qo‘lga olingan, ularning turar joylaridan qurol-aslaha topilgan.

Eronda tartibsizliklarda qurol ishlatgan 100 kishi hibsga olindi