TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Jizzax viloyatida yangi sport ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi, deb xabar qilmoqda Sport vazirligi.
Sharof Rashidov tumani "Yangi O‘zbekiston" massivida Kurash mahorat maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi maktab 150 o‘rinli yotoqxona, sun’iy qoplamali futbol maydoni, oshxona va zamonaviy sport zaliga ega.
V Djizzake otkrili novuyu sport shkolu
© MinSporta Uzbekistana
Tantanali tadbir ishtirokchilari yosh sportchilarga kelgusida kurash bo‘yicha o‘tkaziladigan respublika va xalqaro musobaqalarda ulkan zafarlar tilashdi va sovg‘alar ulashishdi.
V Djizzake otkrili novuyu sport shkolu
© MinSporta Uzbekistana