TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Eron Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi Qo‘shma Shtatlar va Isroilni Islom Respublikasida tartibsizliklarni uyushtirishda aybladi.
"So‘nggi kunlardagi voqealar norozilik namoyishlari bilan boshlandi, ammo sionist dushmanning nazorati va rejalashtirishi ostida ular xavfsizlik inqiroziga aylandi. Trampning so‘nggi kunlardagi bayonotlari, shuningdek, bu ikki rejimning Eron millati xavfsizligiga putur yetkazish bo‘yicha qo‘shma rejasini ko‘rsatadi", - deyiladi kengash bayonotda.
Xavfsizlik kuchlari vasud tizimi endi namoyishchilar va qo‘zg‘olonchilar bilan murosaga kelmaydi, deb ta’kidlanmoqda.
Kecha Eronda 1979-yilda ag‘darilgan Eron shohining avlodi vakili bo‘lgan Rizo Pahlaviyning chaqirig‘idan so‘ng norozilik yurishlarining navbatdagi to‘lqini bo‘lib o‘tdi.
Namoyishchilar Tehronda jamoat transporti, tez yordam mashinalari, va yana bir necha obyektlarni vayron qilishdi. Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Homayni namoyishchilarni "Trampni xursand qilish uchun o‘z vatani mulkini vayron qilayotgan bir to‘da vandallar" deb atadi.
Norozilik namoyishlari dekabr oyi oxirida mahalliy valyutaning qadrsizlanishi tufayli boshlandi. Asosiy sabab valyuta kursining keskin o‘zgarishi va ularning ulgurji va chakana narxlarga ta’siri edi.
Lekin keyinchalik namoyishchlar iqtisodiy talablardan siyosiyo talablarga o‘tishdi. Ba’zi joylarda politsiya bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar orasida qurbonlar borligi haqida xabar berilgan.
Lekin keyinchalik namoyishchlar iqtisodiy talablardan siyosiyo talablarga o‘tishdi. Ba’zi joylarda politsiya bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar orasida qurbonlar borligi haqida xabar berilgan.
Tasnim axborot agentligining xabar berishicha, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar paytida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining ikki xodimi halok bo‘lgan.
Eron yuqori inflyatsiyani boshdan kechirmoqda. Rial tez qadrsizlanmoqda: 2018-yil may oyida dollarning norasmiy qiymati 50 000 rial atrofida edi, hozirda ochiq bozorda bir dollar 1,4 million rialga teng.