TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Malayziyaning Nilai shahrida o‘tayotgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha ASEAN Track Series musobaqasida o‘zbekistonlik sportchi Sergey Rostovsev “scratch” va “elimination” dasturlarida g‘alaba qozondi. Bu haqda Velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu natija bilan Rostovsev O‘zbekiston terma jamoasi hisobida qatorasiga uchinchi oltin medalni ta’minladi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan “omnium” bellashuvlarida Nafosat Koziyeva to‘rtinchi natijani qayd etdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada yangi ish boshlagan xorijiy murabbiylar — erkaklar jamoasi bosh murabbiyi Yoxan Dornbush va ayollar jamoasi murabbiyi Olga Zabelinskaya rahbarligida ishtirok etmoqda.