TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Farmon matnida aytilishicha, mamlakatimiz prokuratura organlarida ko‘p yillik fidokorona mehnati, yurtimizda qonuniylik hamda huquq-tartibotni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun soha vakillari mukofotlangan.
Farmonga muvofiq, jami 10 nafar soha vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Jumladan:
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan:
Kalonov Botir Xamzayevich — prokuratura faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi
"Mardlik" ordeni bilan:
Yunusov Marat Erkinovich — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
"Do‘stlik" ordeni bilan:
Razakova Gulchexra Narzullayevna — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori
"Jasorat" medali bilan:
Zaripov Jamshid Baxodirovich — Jizzax viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i
Maxmudov Murodbek Madiyorovich — Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi
"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan:
Axmedov Baxridin Tojiyevich — Navoiy ixtisoslashtirilgan prokurori o‘rinbosari
Raximov Ural Tashbulovich — Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurorining katta yordamchisi
Yunusov Baxodir Xoliyarovich — Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani prokurori
"Shuhrat" medali bilan:
Gaibbayeva Nigina Tayirjonovna — Namangan viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i
Qobulov Dilmurod Qobulovich — Sirdaryo viloyati prokurori o‘rinbosari