TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbekistondan 46 nafar bola va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslardan iborat guruh Sankt-Peterburgga yetib kelib, shahar bo‘ylab ekskursiya qildi hamda Planetariyga tashrif buyurdi. Bu haqda Rossiya Markaziy kasaba uyushmasining Solidarnost gazetasi xabar berdi.
Yaqin kunlarda bolalar Ermitaj, Petergof, Yusupov saroyi, Faberje muzeyi, RJD muzeyi hamda Sankt-Peterburgning boshqa diqqatga sazovor madaniy maskanlariga ekskursiya qilishlari rejalashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, tashrif 10-yanvarga qadar davom etadi. 2025-yil yozida yuzdan ortiq rossiyalik bolalar O‘zbekistonga tashrif buyurgan. O‘zbekistonlik bolalarning Rossiyaga bu galgi safari javob tashrifi va do‘stlik ramzi hisoblanadi.
V Sankt-Peterburg pribila detskaya delegatsiya iz Uzbekistana
© Profsoyuznaya gazeta "Solidarnost" ©
O‘zbekistonlik yoshlarning Rossiyaga tashrifi Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi taklifiga binoan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ko‘magida tashkil etildi. Ayni paytda O‘zbekistonlik bolalarning ikki guruhi Moskva va Sankt-Peterburgda Yangi yil ta’tilida bo‘lib turibdi.