O‘zbekiston velosporti: Rostovsev ASEAN Track Series musobaqasida birinchi o‘rinni egalladi

Sergey Rostovsev omnium dasturida g‘alaba qozonib, jahon chempionati hamda “Los-Anjeles–2028” Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolari yo‘lida muhim natija qayd etdi
Sputnik
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Malayziyada o‘tayotgan “ASEAN Track Series” musobaqalarining birinchi kunida omnium dasturi bo‘yicha bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi safida ilk bor ishtirok etgan Sergey Rostovsev g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu natija Sergey Rostovsev uchun jahon chempionatida ishtirok etish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston sportchilarining xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtiroki “Los-Anjeles–2028” yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun zarur bo‘lgan reyting ochkolarini jamg‘arishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan velotrek yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan omnium eng murakkab va nufuzli turlardan hisoblanadi. Ushbu dasturda muvaffaqiyat qozonish sportchidan yuqori darajadagi chidamlilik, taktik tayyorgarlik va tezkor fikrlashni talab etadi.
O‘zbekiston og‘ir atletikachilari Qatardagi xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi