O‘zbekiston va YeOII

Davlat va YeOII talablariga javob bermagan "rangli" choylar Qozog‘istonda sotuvdan olindi

Qozog‘istonda oziq-ovqat xavfsizligi talablariga rioya etilmagan ayrim choy mahsulotlarini olib kirish va sotishga nisbatan vaqtinchalik sanitariya taqiqi joriy etildi
Sputnik
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Qozog‘istonda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori bilan ayrim qora choy mahsulotlarini olib kirish va sotishga nisbatan vaqtinchalik sanitariya choralari joriy etildi.
Taqiq mahsulotlar Qozog‘istonning normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek YeOIIning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, oziq-ovqat qo‘shimchalari va aromatizatorlarga qo‘yiladigan talablar hamda markirovkalash bo‘yicha texnik reglamentlariga muvofiq emasligi sababli kiritilgan.
Ayrim choy namunalari tarkibida qo‘llanilishi taqiqlangan oziq-ovqat bo‘yoqlari aniqlangan. Xususan, quyidagi bo‘yoqlar qayd etilgan:
sariq “Quyosh botishi” (E110),
tartrazin (E102),
ponso 4R (E124).
Bundan tashqari, choy qadoqlarida ishlab chiqarish va qadoqlash manzillari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lib, bu sanitariya-epidemiologiya sohasida faoliyat yuritish uchun zarur ruxsatnoma hujjatlari mavjud emasligini ko‘rsatadi.
Shu munosabat bilan quyidagi qora choy turlarini olib kirish va sotish taqiqlandi:
Apamniң shәyі Premium Gold”, “Al-Hayat Gold”, “Balqiya Premium Gold” — ishlab chiqaruvchi: “Orda Trade Astana” MChJ;
“Sultan Suleyman”, “Pakistan Tea” — ishlab chiqaruvchi: “Real Trade Astana” MChJ;
“Balqiya Premium Gold” — ishlab chiqaruvchi: “Al-Hadiya” XK;
“Aje Onim” — ishlab chiqaruvchi: “Orda Chay” XK;
“Al-Hayat Gold” — ishlab chiqaruvchi: “Empire KENIY E.P.Z. Limited”;
“Al-Jannat Premium” — ishlab chiqaruvchi: “Ferdaus” XK;
“Alfarah” — ishlab chiqaruvchisi qadoqda ko‘rsatilmagan.
O‘zbekiston va YeOII
Qalbaki mahsulotlarga qarshi chora: YeOII yangi raqamli markirovka qoidalarini tasdiqladi