Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Diplomatik etiket meyorlarini buzdi — Chexiya bosh vaziri Ukraina elchisiga javob berdi

Chexiya parlamenti spikerining "Zelenskiy atrofidagi o‘g‘rilar" va "oltin hojatxonalar" iboralari tilga olingan bayonotiga Ukraina elchisi bildirgan munosabati Chexiya bosh vaziri tanqidiga uchradi
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Ukraina elchisi Vasiliy Zvarich Chexiya parlamenti quyi palatasi spikerining yangi yil murojaatini tanqid qilib, diplomatik etiket qoidalarini buzgan. Bu haqda Chexiya bosh vaziri Andrey Babish ma’lum qildi.
"U, aytaylik, diplomatik etiket meyorlarini buzdi. Uning bizga o‘rgatadigan hech narsasi yo‘q — u diplomat", — dedi bosh vazir.
Yuzaga kelgan vaziyatga munosabat bildirgan Chexiya tashqi ishlar vaziri Ukraina elchisining mamlakatdagi uchinchi oliy konstitutsiyaviy mansabdor shaxs bayonotini ommaviy ravishda qoralashi noo‘rin ekanini ta’kidladi. Chexiya prezidenti Potr Pavel ham ushbu holat yuzasidan jiddiy xavotir bildirgan.
Vaziyat Chexiya parlamenti quyi palatasi spikeri Tomio Okamuraning ijtimoiy tarmoqlardagi yangi yil tabrigi ortidan kelib chiqdi. U o‘z murojaatida Chexiya fuqarolari puliga qurol sotib olish va uni "ma’nosiz urushni qo‘llab-quvvatlash" uchun yuborish mumkin emasligini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mojarodan G‘arb kompaniyalari va hukumatlari, shuningdek, "Vladimir Zelenskiy xuntasi atrofidagi, oltindan hojatxonalar o‘rnatayotgan ukrainalik o‘g‘rilar" foyda ko‘rmoqda.
Zvarich, o‘z navbatida, chex siyosatchisining Ukrainaning demokratik yo‘l bilan saylangan rahbariyatiga nisbatan qabul qilib bo‘lmaydigan bayonotlarini tanqid qildi va uni lavozimidan chetlashtirilishini istayotganiga ishora qilib, hokimiyat hamda jamoatchilikni uning so‘zlari yuqori davlat maqomiga qanchalik mos kelishini baholashga chaqirdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Chexiya Ukraina uchun o‘q-dori sotib olishni to‘xtatadi — parlament spikeri