MDHga raislik Turkmanistonga o‘tdi — Ashxobod hamkorlikni kuchaytirish niyatida

Tojikistondan MDH organlariga raislik qabul qilgan Turkmaniston hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. 1 yanvardan boshlab Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi organlariga raislik Tojikistondan Turkmanistonga o‘tdi. Bu haqda MDH matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, avvalroq Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ashxobod MDH salohiyatini maksimal darajada samarali amalga oshirishga ko‘maklashish niyatida ekanini bildirgan.
Shuningdek, davlat rahbari Turkmaniston MDHga raislik konsepsiyasini ishlab chiqishni rejalashtirayotganini, unda dolzarb ehtiyojlardan kelib chiqqan holda davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aks etishini ta’kidladi.
Turkmaniston MDHning uyushgan a’zosi hisoblanadi. Mamlakat oxirgi marta 2019-yilda Hamdo‘stlik organlariga raislik qilgan.
MDH 2035-yilgacha bo‘lgan ta’lim va energetika strategiyalarini belgilamoqda