TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev sport zalda muntazam shug‘ullanadi va yaxshi jismoniy holatda. Bu haqda Qosim-Jomart Toqayev “Turkistan” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Qozog‘iston prezidenti, shuningdek, MDH davlatlarining boshqa yetakchilari qaysi jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishini ham sanab o‘tgan.
Toqayevning aytishicha, Vladimir Putin yaqinda Bishkekda bo‘lib o‘tgan norasmiy tadbirda yosh dzudochiga qarshi usul qo‘llab, keksa avlod sharafini himoya qilgan. Ilhom Aliyev jismonan baquvvat bo‘lib, muntazam ravishda mashq qiladi. Sadir Japarov futbol o‘ynaydi. Shavkat Mirziyoyev yaxshi sport formasida bo‘lib, zalda mashg‘ulot o‘tkazadi. Nikol Pashinyan velosiped minish bilan shug‘ullanadi. Ma’lum bo‘lishicha, Aleksandr Lukashenko hali ham xokkey o‘ynaydi. Emomali Rahmon esa sog‘lig‘idan shikoyat qilmaydi, u dengizchi-jangchi sifatida chiniqqan.
“Shunday ekan, barcha hamkasblar ajoyib jismoniy formada”, — degan Toqayev intervyuda.