"Texnologiyalar yordamida o‘tmishga sayohat: Yo‘qotilgan Toshkent arxitekturasi — foto

Toshkent me’morchiligi so‘nggi bir yarim asrda keskin o‘zgarishlarga uchradi. Shahar qiyofasiga uchta omil ta’sir ko‘rsatdi: Rossiya imperiyasining kengayishi ("Yangi shahar" qurilishi), Sovet Ittifoqining dinga qarshi kampaniyasi va 1966-yildagi dahshatli zilzila.
Sputnik
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik, Bahrom Hatamov. Poytaxtimizning avvalgi betakror ko‘rinishini raqamli texnologiyalar yordamida qayta kashf etamiz.
Bir paytlar Eski shaharning har bir mahallasida kamida bittadan masjid bo‘lgan — jami yuzlab mahobatli va ixcham ibodatxonalar shahar qiyofasini belgilagan. Afsuski, keyinchalik yo‘llarni kengaytirish va shaharni rekonstruksiya qilish jarayonida ushbu noyob me’moriy obidalarning katta qismi buzib tashlangan.
Djuma-mechet Xodja Axrar Vali v Tashkente
Xoja Ahror Valiy Jome masjidi — poytaxtimizning eng ko‘hna va yirik diniy obidalaridan biri bo‘lib, uning tarixi 1451-yilga borib taqaladi. Majmua asrlar davomida turli tabiiy ofatlar, xususan, kuchli zilzilalar oqibatida bir necha bor qayta tiklangan. Chorsu bozori yaqinidagi tarixiy markazda joylashgan hozirgi uch gumbazli mahobatli inshoot 1990-yillarning oxiri va 2000-yillar boshida amalga oshirilgan rekonstruksiya natijasidir.
Vxodnoy chortak v kompleks mavzoleyev Sheyxantaur
Shayxontohur ansambli — ilgari 16 ta muhtasham inshootni o‘z ichiga olgan Toshkentning eng yirik me’moriy majmualaridan biri bo‘lgan. Bugungi kunda ushbu ansambldan faqat uchta maqbara saqlanib qolgan, xolos. Majmuaning eng katta yo‘qotishlaridan biri — uning Chortagi (darvozasi) hisoblanadi. XIX asr oxirida bunyod etilgan ushbu monumental kirish qismi majmuaga o‘zgacha salobat baxsh etib turgan.
Ishonquli-Datxo madrasasi
Ishonquli-Datxo madrasasi haqida nimalarni bilamiz?
Davri: 1840-yillarda bunyod etilgan.
Joylashuvi: Hozirgi Navoi shoh ko‘chasi o‘rnida.
Tarixiy fakt: Bir vaqtlar bu yerda ilk "O‘zbekfilm" kinostudiyasi faoliyat yuritgan.
Taqdiri: 1940-yillarda yo‘l kengaytirilishi munosabati bilan me’moriy meros sifatida saqlab qolinmagan va buzilgan.
Toshkentning "Yangi shahar" qismida qad ko‘targan va 1930-yillardagi siyosiy jarayonlar oqibatida vayron qilingan muhtasham soborlar tarixiga to‘xtalib o‘tiladi.
Spaso-Preobrajenskiy sobori
Spaso-Preobrajenskiy harbiy sobori — o‘z davrida Toshkentning bosh pravoslav ibodatxonasi bo‘lgan. Ushbu mahobatli inshoot hozirgi Mustaqillik maydoni hududida, Senat binosiga yaqin joyda qad ko‘targan edi. Oltin gumbazli va ulkan oq devorli sobor 1930-yillarda sho‘ro hokimiyati tomonidan portlatib yuborilgan.
Iosif-Georgiy sobori: Toshkentdagi birinchi pravoslav cherkovi.
Iosif-Georgiy sobori: Toshkentdagi birinchi pravoslav cherkovi. U bugungi Amir Temur maydoni o‘rnida (O‘zbekiston mehmonxonasi yaqinida) joylashgan edi. Uning buzilishidan keyin mashhur Pelmennaya (chuchvaraxona) kafesi uzoq vaqt davomida o‘z o‘rnida turdi.
Toshkentning markaziy "Kaufman" ko‘chasi
20 asr boshida Toshkentning markaziy "Kaufman" ko‘chasida (bugungi Sayilgox ko‘chasi) eng mashhur savdo maskanlaridan biri — Orifxo‘ja passaji qad rostlagan edi. Bu yer nafaqat savdo-sotiq markazi, balki shaharliklarning madaniy hordiq chiqaradigan joyi bo‘lgan. Bino o‘zining go‘zal fasadi va ichki tuzilishi bilan poytaxtning Yevropa qismiga zamonaviy ruh baxsh etgan.
Dom General-gubernatora Turkestana Konstantina Petrovicha fon Kaufmana v Tashkente
Toshkentdagi "Oq uy" — Turkiston general-gubernatori K.P. fon Kaufmanning rasmiy qarorgohi hamda o‘lkadagi ma’muriy boshqaruvning bosh ramzi hisoblangan. 1860-yillarda poydevori qo‘yilgan va 1870-yillarda kengaytirilgan ushbu inshoot o‘ziga xos me’moriy yechimga ega edi: unda Yevropa klassik arxitekturasi sharqona bezaklar va binoning nomiga mos oq devorlar bilan mahoratli tarzda uyg‘unlashtirilgan.
Toshkentdagi "Yemil Sindel" ip gazlama bosish manufakturasi shirkatining omborxonasi
Toshkentdagi "Yemil Sindel" ip gazlama bosish manufakturasi shirkatining omborxonasi to‘qimachilik sanoatining muhim obekti bo‘lgan. Keyinchalik ushbu bino 1-sonli bosmaxonaga aylantirilgan va Kalinin maydonida (sobiq Eski Juva) joylashgan edi. U avval yirik sanoat korxonasining bir qismi, so‘ngra xotin-qizlar uchun madaniy-ma’rifiy markaz sifatida shahar tarixida muhim o‘rin tutgan.
12 teraklar ko‘chasidagi Sinagoga
12 teraklar ko‘chasidagi Sinagoga: Poytaxtning yo‘qotilgan diniy obidalaridan biri. Ushbu bino 1930-yillardagi mafkuraviy siyosat natijasida o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Bino bir necha o‘n yillar davomida boshqa maqsadlarda foydalanilgan bo‘lsa-da, 1966-yildagi kuchli Toshkent zilzilasidan so‘ng yaroqsiz holga kelgan va butunlay buzib tashlangan.
Eski Bosh pochtamt binosi
Eski Bosh pochtamt binosi: Ushbu majmua nafaqat shaharning asosiy pochta xizmatini, balki telefon-telegraf tarmog‘i hamda markaziy radiomarkazni ham o‘z ichiga olgan edi. Bugungi kunda mazkur tarixiy inshoot o‘rnida poytaxtning eng muhtasham binolaridan biri — "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyi qad ko‘targan.