TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Moskva Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda Rossiyaning qat’iy yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini olqishlaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Rossiya Federatsiyasi hududi bo‘lib turgan chet elliklarning, jumladan, migrantlarning radikal guruhlarga jalb qilinishining oldini olish masalasi tegishli idoralar darajasida muntazam ravishda ko‘tariladi”, - dedi Galuzin.
Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlarining diplomatik vakolatxonalari Rossiya Tashqi ishlar vazirligining mintaqaviy vakolatxonalari, axloq tuzatish muassasalari, ichki ishlar organlari hamda o‘quv muassasalari bilan yaqin aloqada ishlaydi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari Rossiyada yashovchi vatandoshlar o‘rtasida tegishli ishlarni olib bormoqda.
“Biz Markaziy Osiyo davlatlarining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha biz bilan yagona qat’iy yo‘nalishda ishlashga, biz tashkil etayotgan aksiyalarda ishtirok etishga, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash tarafdori bo‘lishga, xalqaro maydonchalarda hamjihatlikda ovoz berishga tayyorligini olqishlaymiz”, - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.