TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot chog‘ida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya yetakchisining Novgorod viloyatidagi qarorgohiga hujum qilishga urinishni qat’iy qoraladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, bunday xatti-harakatlar barqarorlik va xavfsizlikka, shuningdek, uzoq muddatli tinchlikka erishishga qaratilgan sa’y-harakatlarga jiddiy tahdid solishi qayd etilgan.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston–Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilib, bo‘lajak tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Suhbat yakunida yetakchilar kirib kelayotgan 2026-yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va farovonlik, ikki mamlakatning birodar xalqlariga esa tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tiladilar.