TOShKENT, 29 dek – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Donesk Xalq Respublikasining Dibrova qishlog‘ini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"G‘arb" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar bilan Donesk Xalq Respublikasining Dibrova aholi punktini ozod qilishni yakunladi", - deyiladi xabarda.
Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov 164- va 169-alohida motoo‘qchi brigadalar qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibini DXRning Dibrova aholi punkti ozod qilingani bilan tabrikladi.
Shuningdek, kecha Rossiya harbiylari bir qator shahar va qishloqlarni ozod qilishga muvaffaq bo‘lgani ma’lum qilindi.