TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Qatarning Doha shahrida og‘ir atletika bo‘yicha “10th Qatar Weightlifting Cup” xalqaro turnirida O‘zbekiston jamoasi ochkolar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada dunyoning qariyb 30 mamlakatidan kuchli atletlar ishtirok etdi. Turnir davomida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 4 ta oltin, 15 ta kumush va 5 ta bronza — jami 24 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqani muvaffaqiyatli yakunlagan sportchilar bugun Toshkent shahriga qaytib kelishdi.