Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Frontda ilgarilash davom etmoqda: Rossiya qo‘shinlari yana bir necha aholi punktini ozod qildi

Rossiya qo‘shinlari bir nechta yo‘nalishda ilgarilashni davom ettirib, aholi punktlarini nazoratga oldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi
Sputnik
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. "Markaz" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Rodinskoe, Artemovka va Volnoe aholi punktlarini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, "Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga ilgarilashni davom ettirib, Zaporojye viloyatidagi Gulyaypole aholi punktini ozod qilishni yakunlagan.
Bundan tashqari, Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov 9-alohida gvardiya motoo‘qchi brigadasi qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibini Donesk Xalq Respublikasining Rodinskoe aholi punkti ozod etilgani munosabati bilan tabriklagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
RF Mudofaa vazirligi: "G‘alaba uchun muhim qadam" — uch shahar ozod qilindi