TOShKENT, 26 dek – Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" bo‘ladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llayotgan murojaatnomasi chog‘ida shunday taklifni bildirdi.
"2026 yilni yurtimizda Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili deb taklif qilaman", - dedi davlat rahbari.
Mirziyoyev oldinga qo‘yilgan buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o‘rni va ta’siri beqiyos ekanini ta’kidladi. Chunki mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyat tinch va hamjihat bo‘ladi.