Kelasi yili O‘zbekistonda imtiyozli ipoteka krediti 15% ga oshiriladi

Sputnik
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. 2026-yilda O‘zbekistonda imtiyozli ipoteka krediti 15% ga oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqqa yo‘llayotgan murojaatnomasi chog‘ida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, aholi ehtiyojidan kelib chiqib, iqtisodiyotda eng katta talab yaratadigan uy-joy ipotekasiga 2026-yilda 23 trillion so‘m resurs ajratiladi.
Uy-joy sotib olishda boshlang‘ich to‘lov va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 2 trillion 700 milliard so‘m subsidiya beriladi.
Shuningdek, bitta kvartira uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka kreditining miqdori 15 foizga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, kelgusi yilda 140 mingta kvartirali ko‘p qavatli uy-joy barpo etilishi ro‘zg‘or uchun zarur iste’mol tovarlariga talabni oshiriradi. Bu talabni moliyaviy manbalar bilan ta’minlash maqsadida 2026-yilda 125 trillion so‘mlik iste’mol krediti ajratiladi.
Umuman, 2026-yilda qurilish ishlari hajmini 11 foizga ko‘paytirib, 30 milliard dollarga yetkazish reja qilingan.
O‘zbekistonda uy-joy qurilishi 2 baravarga, ipoteka esa 10 baravarga oshiriladi