Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqqa murojaatnoma bilan chiqadi

O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi – mamlakat siyosiy hayotidagi eng muhim voqea.
Sputnik
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. 26 dekabr, juma kuni, soat 11:00 da prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomani taqdim etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Murojaatnomada mamlakat hayotining har bir jabhasini yanada rivojlantirishga oid yirik tashabbuslar ilgari surilishi hamda kelgusi yillardagi eng muhim vazifalar yuzasidan rejalar taqdim etilishi kutilmoqda.
Jonli efir "O‘zbekiston 24", "O‘zbekiston" (surdotarjima bilan), "Mahalla", "Madaniyat va ma’rifat", "O‘zbekiston tarixi", "Mening yurtim", "Sevimli", "Milliy", "Zo‘r TV", "Renessans TV" telekanallarida namoyish etiladi.
Murojaatnoma "Toshkent" va "Dunyo bo‘ylab" kanallarida rus tilida, "Yoshlar" va "Uzreport TV" telekanallarida esa ingliz tilida tarjima bilan uzatiladi.
Jonli efirni prezident matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ham kuzatib borish mumkin.
O‘zbekiston prezidentining milliy parlamentga ilk murojaatnomasi 2017-yil 22-dekabrda taqdim etilgandi.
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqqa murojaatnomasi - onlayn