O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlari Indoneziyaga nima sotishi mumkin

YeOII davlat rahbarlari sammitida Indoneziya bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Daniyar Imanaliyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari Indoneziya bilan qanday savdo-sotiq qilishi mumkinligini ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik Qirg‘iziston.
Yakshanba kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan YeOII davlat rahbarlari sammitida Indoneziya bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu esa ushbu mamlakatga eksport qilinadigan deyarli barcha bojxona to‘lovlarini besh baravar kamaytiradi.
Imanaliyevning so‘zlariga ko‘ra, quyidagi tovarlarga imtiyozlar beriladi: don, baliq, mol go‘shti, sut mahsulotlari, mineral suv, ko‘mir, uskunalar va boshqalar.
O‘z navbatida, YeOIIga Indoneziyadan elektronika, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa mahsulotlar kirishi osonlashadi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

O‘zbekiston va YeOII
Mirziyoyev Sankt-Peterburgda YeOII bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi