TOShKENT, 26 dek – Sputnik. O‘zbekistonda elektromobillardan foydalanishni kengaytirish yanada rag‘batlantiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqqa yo‘llayotgan murojaatnomasi chog‘ida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Ekologik avtomobillarni ko‘paytirish bo‘yicha besh yillik dastur amalga oshiriladi.
Bunda mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratiladi.
Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar beriladi, yerlarni auksiondan 2 karra arzon narxda sotib olish imkoniyati yaratiladi.
Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarida avtomobillarni zaradlashda 1 kilovatt-soat elektr energiyasi narxining 300 so‘mdan oshgan qismi davlat budjetidan qoplab beriladi.
Elektromobilda taksi xizmati ko‘rsatadigan fuqarolarga ham bir qator imtiyozlar beriladi.