MDHda o‘zaro investitsiyalar 41,6 mlrd dollarga yetdi — yetakchi o‘sish O‘zbekiston va Qozog‘istonda

MDH mamlakatlari o‘rtasidagi jamg‘arilgan o‘zaro investitsiyalar 41,6 milliard dollarga yetdi, eng yuqori o‘sish esa O‘zbekiston va Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keldi.
Sputnik
TOShKENT, 25 dek – Sputnik. So‘nggi to‘rt yil ichida Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlari mamlakatlari (MDH) o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 18 foizga oshgan. Bu haqda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil o‘rtalariga kelib Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi jamg‘arilgan o‘zaro investitsiyalar hajmi rekord darajadagi 41,6 milliard dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkich so‘nggi o‘n yil ichida yarmidan ko‘proq o‘sgan.
Lebedevning ta’kidlashicha, mintaqaning eng yirik iqtisodiyoti bo‘lgan Rossiya obyektiv ravishda eng yirik investor sifatida maydonga chiqmoqda.
Ayni paytda investitsiya oqimining eng sezilarli o‘sishi Markaziy Osiyoga, xususan Qozog‘iston va O‘zbekistonga to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, Lebedevning ta’kidlashicha, energetika, transport va aloqa sohalaridagi transchegaraviy hamkorlik ushbu tarmoqlarning uzluksiz ishlashini ta’minlab, tranzit salohiyatini keng ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.
MDH tashkil topganiga 34-yil to‘ldi: yaratilish tarixi va maqsadlari