TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Samarqand shahrida tashkil etilgan “Prezident archasi” bayram tadbirida 1006 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bola ishtirok etadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ishtirokchilarning aksariyati yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lib, mahallalarda yashayotgan bolalar hisoblanadi.
V Samarkande bolee tisachi detey bili priglasheni na "Prezidentskuyu yolku"
© Sputnik
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir arafasida shaharga 1055 ta yangi yil sovg‘asi yetkazilgan bo‘lib, ulardan 49 tasi zaxira sifatida qoldirilgan.
Shuningdek, “Mehrli maktab”, “SOS” bolalar mahallasi hamda viloyatdagi “Mehribonlik” uyiga Prezident sovg‘asi sifatida bittadan televizor topshiriladi.
V Samarkande bolee tisachi detey bili priglasheni na "Prezidentskuyu yolku"
© Sputnik
“Prezident archasi” bayram tadbiri 26-dekabr kuni Samarqand viloyati musiqa va drama teatrida bo‘lib o‘tadi.