Rosatom tajribasi: seysmik faol hududlardagi yechimlar O‘zbekiston AESda qo‘llaniladi

Seysmik xavf yuqori bo‘lgan mintaqalarda sinovdan o‘tgan muhandislik yechimlari O‘zbekistondagi AES qurilishida ham tatbiq etilishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. "Rosatom" dunyoning turli mintaqalarida, jumladan, O‘zbekistonga nisbatan seysmik jihatdan ancha faol hududlarda obyektlar qurmoqda va u yerlarda qo‘llanilgan muhandislik yechimlari O‘zbekistondagi atom elektr stansiyasi (AES) qurilishida ham tatbiq etiladi.
Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbirining "AESlarning zilzilaga chidamliligini ta’minlash uchun noyob muhandislik yechimlari qo‘llaniladimi?" degan savoliga javoban O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha direktor Pavel Bezrukov ma’lum qildi.
"Shunga ko‘ra, biz qayerdadir qo‘llagan barcha yechimlar bu yerda alohida sinovdan o‘tkazilmaydi, balki atom elektr stansiyasi uchun ehtimoliy oqibatlarni maksimal darajada kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi", — deya qo‘shimcha qildi u.
O‘zbekistonda AES qurilishi xalqaro MAGATE standartlariga muvofiq olib borilmoqda