Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Xarkov viloyatidagi aholi punktini ozod qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya harbiylari Xarkov viloyatidagi Vilcha aholi punktini nazorat ostiga olganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiya harbiylari Xarkov viloyati Volchansk shahri janubida joylashgan Vilcha aholi punktini nazorat ostiga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

"Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar bilan Xarkov viloyatining Vilcha aholi punktini nazorat ostiga oldi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, 21-dekabr kuni e’lon qilingan ma’lumotda “Shimol” guruhi jangchilari Xarkov viloyatidagi Krasnoyarskoe, Ternovoe va Volchanskoe xutorlari hududlarida Ukraina tomonining motopiyoda hamda uchta mexanizatsiyalashgan brigada bo‘linmalariga zarba bergani qayd etilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari ikkita aholi punktini ozod qildi